Yetkazib berish

500 000 so‘mdan ortiq xaridlar uchun bepul yetkazib berish xizmatini taklif etamiz.


Onlayn do‘kon orqali buyurtma berish shartlari:

  • Yetkazib berish xizmati onlayn do‘kon orqali 100 000 (yuz ming) so‘m va undan yuqori summadagi tovarlarga buyurtma berilganda amalga oshiriladi.
  • Buyurtmangizda ko‘rsatilgan muddatlarda tovarlarni yetkazib beramiz va yetkazib berish manziliga yetib borishdan oldin siz bilan bog‘lanamiz.
  • Yetkazib berish xizmatining yuklamasi yuqori bo‘lgan hollarda yetkazib berish muddati uzaytirilishi mumkin. Bunday vaziyatlarda sizni oldindan xabardor qilamiz.
  • Buyurtma rasmiylashtirish vaqtida ko‘rsatilgan manzilga tovarlarni yetkazib beramiz. Iltimos, call-markaz operatori bilan yetkazib berish manzili va qabul qiluvchining ma’lumotlari to‘g‘riligini tasdiqlang.
  • Tovar va xizmatlar uchun to‘lovni oldindan yoki yetkazib berish xizmati xodimiga savdo cheki asosida amalga oshirishingizni so‘raymiz.
Yetkazib berish xizmati xodimlari sizni 30 daqiqa davomida kutadi. Agar siz kelishilgan vaqtda yetkazib berish manzilida bo‘lmasangiz, buyurtmani boshqa vaqtga ko‘chirishga majbur bo‘lamiz.

Tovarlarni o‘rnatish (yig‘ish) ishlari yetkazib berish xizmatiga kirmaydi.

  • Tovarlarni siz ko‘rsatgan joyning kirish eshigigacha (yoki ofisingizgacha) yetkazib beramiz, qadoqdan chiqarib ko‘rsatamiz hamda kafolat talonini (agar mahsulot bilan birga berilgan bo‘lsa) topshiramiz. Buyurtmangiz omborda tayyorlanayotganda mahsulot sifatini tekshirish maqsadida qadoq ochilishi mumkinligini inobatga oling.
  • Tovarni qabul qilganingizni tasdiqlab imzo qo‘yishingiz so‘raladi. Agar e’tirozlaringiz bo‘lsa, ularni savdo chekining "Maxsus qaydlar" bo‘limida ko‘rsatishingiz mumkin. Tovar buyurtma va savdo chekida F.I.Sh. ko‘rsatilgan qabul qiluvchiga topshiriladi.
  • Agar buyurtma rasmiylashtirishda noto‘g‘ri manzil ko‘rsatgan bo‘lsangiz yoki belgilangan vaqtda manzilda bo‘lmasangiz, tovar yetkazib berilmaydi va qayta yetkazib berish uchun alohida haq olinadi.
  • Agar yetkazib berish manzilida kirish uchun cheklovlar mavjud bo‘lsa (ruxsatnoma tizimi yoki pullik kirish), kirish uchun ruxsatnomani oldindan ta’minlashingiz kerak. Aks holda, yetkazib berish faqat cheklangan yoki pullik kirish hududigacha amalga oshiriladi. Zinapoya yo‘laklari va eshik o‘tish joylari bo‘sh bo‘lishi hamda mahsulotni qadoqlangan holda erkin olib kirishga imkon berishi kerak. Agar mahsulotni xonadonga (ofisga) olib kirishning imkoni bo‘lmasa, tovar yetkazib berish mumkin bo‘lgan joyda qoldiriladi.
  • Tovar yetkazib berish buyurtmada ko‘rsatilgan manzilga olib boruvchi transport yo‘llari mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.
Agar yetkazib berish xizmati xodimi qavatga ko‘tarish, mahsulotni qadoqdan chiqarish, o‘rnatish yoki ulash uchun qo‘shimcha to‘lov talab qilsa yoki yetkazib berish qoidalarining boshqa buzilish holatlari yuz bersa, qo‘shimcha to‘lov qilishga va ushbu xizmatlardan foydalanishga rozi bo‘lmasligingizni hamda hodisa haqida quyidagi raqam orqali Kontakt markazimizga xabar berishingizni so‘raymiz: +998 71 207 77 88
  • Mebelni ko‘chirish va mahsulotni joylashtirish ishlari yetkazib berish xizmatiga kiritilmagan.
  • Mahsulotni yoqish va uning ishlashini tekshirish yetkazib berish xizmati xodimlari ishtirokisiz xaridor tomonidan amalga oshiriladi. Texnikani ishga tushirishdan oldin foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz.
  • Agar kafolat taloni yoki foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma mavjud bo‘lmasa, Kontakt markaziga murojaat qilishingiz mumkin.
  • Agar mahsulotning tashqi ko‘rinishi yoki komplektatsiyasi sizni qoniqtirmasa, sababini Tovar chekida ko‘rsatgan holda uni qabul qilishdan bosh tortishingiz mumkin.
  • Ayrim hollarda mahsulotni 30 kun ichida almashtirish yoki qaytarish imkoniyati mavjud. (Mahsulotni almashtirish va qaytarishning to‘liq shartlarini DISKONT sayti yoki do‘konlaridan aniqlashtiring.)
  • Chakana savdo do‘konlarida rasmiylashtirilgan buyurtmalar bo‘yicha yetkazib berish xarid amalga oshirilgan kundan keyingi kun bajariladi.

Tezkor yetkazib berish xizmati

  • Tezkor yetkazib berish xizmati Toshkent shahri hududida 4 soat ichida amalga oshiriladi va pullik asosda taqdim etiladi.
  • Yetkazib berish narxi yuk hajmi va o‘lchamiga qarab hisoblanadi hamda Xaridor tomonidan tashuvchiga bevosita to‘lanadi. Tovarni qabul qilish vaqtida SMS orqali yuborilgan kodni kuryerga ma’lum qilishingiz kerak. Yetkazib berishning aniq qiymatini operator ma’lum qiladi.

Hududlarga yetkazib berish

  • E’tiboringizni shunga qaratamizki, yetkazib berish faqat DISKONT do‘konlari mavjud bo‘lgan hududlarga amalga oshiriladi.
  • Buyurtma rasmiylashtirilgandan so‘ng menejer tafsilotlarni aniqlashtirish va yetkazib berish vaqtini kelishish uchun siz bilan bog‘lanadi.
  • Yetkazib berish muddati manzil va mahsulotning ombordagi mavjudligiga bog‘liq.