9 875 000 so‘m
Mavjud
Lenovo IdeaPad Slim 3 15IRH10 83K10032RK i7-13620H/16/512GB
9 875 000 so‘m
Muddatli toʻlovga xarid qilish
Xususiyatlar
Xususiyatlar
Процессор
i7-13620H
Оперативная память (RAM), Гб
16
O'rnatilgan xotira (ROM), GB
512
Lenovo IdeaPad Slim 3 15IRH10 (83K10032RK) — bu 10 ta hisoblash yadrosi va 16 ta potokkka ega kuchli Intel Core i7-13620H protsessori bazasida yaratilgan koʻp funksiyali noutbukdir. Protsessorning 4.9 GGs gacha boʻlgan chastotasi maʼlumotlar tahlili, dasturlash va media tahrirlash kabi murakkab vazifalarni bajarishga imkon beradi. 16 GB xotira hajmi bir vaqtning oʻzida bir nechta ilovalar bilan ishlaganda tizimning tezkor javob berishini taʼminlaydi.
IPS texnologiyasiga asoslangan 15.3 dyuymli ekran toʻyingan ranglar va keng koʻrish burchaklarini namoyish etadi. 1920×1200 oʻlchamlari (razresheniye) ish maydonini vertikal boʻyicha kengaytiradi, bu esa jadvallar, matnlar va veb-sahifalar bilan ishlash uchun juda qulaydir. Ekranning 60 Gts yangilanish tezligi interfeys bilan ishlashni silliq qiladi, aks ettirishga qarshi (antibliq) qoplama esa kunduzgi yorugʻlikda ishlashni osonlashtiradi.
Grafik imkoniyatlarni oʻrnatilgan Intel UHD yechimi taʼminlaydi, u videolarni ijro etish, onlayn darslar va oddiy vizual jarayonlar uchun mos keladi. 512 GB SSD drayveri hujjatlar, dasturlar va loyihalarni saqlash uchun yetarli joy taʼminlaydi, shuningdek, tizimning tez yuklanishiga imkon beradi. Operatsion tizim jamlanmaga kiritilmagan, uni foydalanuvchi mustaqil ravishda oʻrnatadi.
Noutbuk ixcham kulrang korpusda ishlangan boʻlib, qurilmaning vazni bor-yoʻgʻi 1.63 kgni tashkil qiladi. Bu esa uni yoʻlda yoki lokatsiyalararo harakatlanishda ajoyib hamrohga aylantiradi. Simli internet porti mavjud emasligiga qaramay, zamonaviy simsiz texnologiyalar: Wi-Fi va Bluetooth 5.2, shuningdek, tashqi displey yoki proektorga ulanish uchun HDMI 1.4 porti koʻzda tutilgan.
Qurilmaning quvvatlanishini uzoq muddatli avtonom ishlashga moʻljallangan 60 Vt·sh hajmli akkumulyator taʼminlaydi. 65 Vt quvvatga ega adapter esa quvvatni tezda tiklashga imkon beradi. IdeaPad Slim 3 15IRH10 kundalik raqamli faoliyatda harakatchanlik (mobilik), unumdorlik va qulaylik oʻrtasidagi muvozanatni qidirayotganlar uchun juda mos keladi.
Способы получения В Ташкенте
Yetkazib berish
Завтра (Бесплатно)
Самовывоз
Сегодня в магазине Diskont (Бесплатно)
Послезавтра из пункта выдачи (Бесплатно)
Sharhlar
Umumiy reyting
1 baho
















